ACCION International
Accion International — daromad koʻrsatkichlari past boʻlgan mijozlarga moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi mikromoliya tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlovchi xalqaro notijoriy kompaniya[1]. 50-yillik faoliyati davomida „Accion“ toʻrt qitʼadagi 32 mamlakatda 63 ta mikromoliya institutini ishga tushirishga yordam bergan. „Accion“, shuningdek, nochor insonlar uchun moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish modellarini taklif qiluvchi startaplarni qoʻllab-quvvatlash orqali ijtimoiy taʼsir investitsiyalarida ishtirok etadi[2]. „Accion“ Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Karib dengizi, Afrika va Osiyoda joylashgan 21 ta davlat tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi.
Tashkilot bosh qarorogohi Bostonda joylashgan va tashkilotning Vashington, Bogota, Akkra, Bangalor va Pekinda ham vakolatxonalari mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erta tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Accion" 1961-yilda Kaliforniya universiteti bitiruvchisi" amerikalik Jozef Bletchford tomonidan tashkil etilgan. U Lotin Amerikasining koʻplab shaharlariga tashrif buyurib, bu yerlik aholi vakillari yomon sharoitda yashashi va ularning turmush darajasini oshirish imkoniyatiga ega emasligini tushundi. 1961-yilning yozida 30 nafar amerikalikdan iborat birinchi guruh Venesuela shaharlaridagi qashshoqlik bilan kun kechiruvchi hududlarga yoʻl oldi. Shundan keyin koʻngilli guruhlar Braziliyada ishlay boshladilar va odamlarga yordam berish uchun turli loyihalarni amalga oshirdilar[3]. Dastlabki loyihalar maktablar, mahalla markazlari va yoʻllarni qurishga qaratilgan edi[4].
1973-yilda „Accion“ Braziliyaning Resifi shahridagi tadbirkorlarga moliyaviy yordam berish uchun kichik, past foizli kreditlar taqdim etib, mikrokreditlar bilan tajriba oʻtkaza boshladi. Ushbu muvaffaqiyatli loyihadan soʻng „Accion“ oʻz saʼy-harakatlarini mikromoliya institutlarini ochish va mikromoliya sanoatini rivojlantirishga qaratdi. 1983-yilda „Red Accion“ tashkil etildi — u Lotin Amerikasida mikromoliyalashtirish jarayonini mustahkamlash va rivojlantirish uchun yaratilgan birinchi xalqaro mikromoliya tashkiloti tarmogʻi edi[4].
AQSHda
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Accion" 1991-yilgacha faqat Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi mikromoliya institutlari bilan ishladi. Ammo, 1991-yildan boshlabNyu-Yorkning Bruklinida ham mikromoliyaviy dastur ishga tushirildi. Bruklin dasturi Nyu-York shahridagi kichik tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan boʻlib, keyinchalik „Accion US Network“ mikromoliya tarmogʻiga aylandi. AQSh tarmogʻi 1994-yilda San-Antonio, Albukerke, Chikago va San-Diegoda boʻlinmalar tashkil etilishi hisobiga kengaytirildi.
Dunyoning boshqa hududlariga kengayishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yil oktabr oyida „Accion“Afrikadagi mikromoliya institutlari, jumladan Kanadaning „Calmeadow“, keyinchalik boshqa kompaniyalari bilan hamkor sifatidabilan ishlay boshladi. 2008-yilda „Accion“ Gana poytaxti Akkrada markaziy Afrika ofisini ochdi. 2010-yil aprel oyida „EB-Accion Microfinance“ Kamerunda oʻz ishini boshladi.
2005-yilda „Accion“ Hindistonga yetib bordi va u yerda ikkita mikromoliya instituti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi: bularMumbaydagi „Swadhaar FinServe“ va Patnadagi "Saija Finance"lar edi[5]. Bundan tashqari, Bangalorda mintaqaviy oʻquv markazi ochildi.
2010-yil boshida „Accion“ Xitoyda mikrokredit kompaniyasini ochdi, Ichki Moʻgʻulistonning Chifen tumanida „Accion Microfinance China“ kompaniyasi tashkil etildi. Oʻshan vaqtlardan beri u „Grassland Finance“[6] bilan hamkorlik orqali Xitoy boʻylab kengayishda davom etmoqda.
2013-yilda „Accion“ Filippindaga kirib keldi va mahalliy kompaniyalar hamda viloyat banklariga 24 million dollar sarmoya kiritib, oʻz faoliyatini mamlakatning kam taʼminlangan aholi yashaydigan hududlariga yoʻnaltirdi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Social Capitalists: ACCION International“ (en). Fast Company. 2015-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ „What We Do“ (en). ACCION International. 2015-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ Margo Alderton. „Microfinance Goes Macro“ (en). Corporate Responsibility Magazine. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ 4,0 4,1 „Our History“ (en). ACCION International. 2015-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ „IFC, ACCION Support Swadhaar to Expand Microfinance in India’s Urban Slums“ (en). International Finance Corporation. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ „IFC to buy 18.9% stake in ACCION Microfinance China“ (en). China Association of Microfinance (2011-yil 7-dekabr). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ „Bridge Launches with $24m from Accion, Bamboo Finance, DEG, FMO, Paul Kocourek to Support Rural, Thrift Banks in the Philippines“ (en). MicroCapital Brief (2013-yil 12-mart). 2014-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.